


Yangi O‘zbekistonda islohotlarning ilk kunlaridanoq suvdan oqilona foydalanish davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.Prezidentimiz Oliy Majlis va xalqimizga murojaatnomasida shu haqda alohida to‘xtalib o‘tgani mamlakatimiz suvchilarining qalbini to‘lqinlantirdi. Soha oldiga qo‘yilgan vazifalar, strategik rejalar ularni yangi marralar sari ruhlantirdi.
Bugun murojaatnoma suv xo‘jaligida ishlovchi har bir xodimning ish stolida bor, desak mubolag‘a qilmaymiz. Jamoalarda, tizim tashkilotlarida Davlat rahbarining mamlakatni yaqin istiqbolda rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishlar bo‘yicha nuqtai nazari bayon qilingan dasturiy siyosiy-huquqiy hujjat muhokama qilinib, chuqur o‘rganilmoqda.
Vazirlik tomonidan o‘tkazilgan iqtisodiy o‘qishda murojaatnoma, shuningdek jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining yangilangan loyihasi haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari, hududlardagi mutaxassislar qatnashgan tadbirni Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Z.Ishpulatov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Murojaatnomada ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish yurtimizni yaqin kelajakda har tomonlama yuksak darajada rivojlantirishning eng muhim olti yo‘nalishidan biri sifatida belgilab berilganini ta’kidladi.
Anjumanda Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi guruh rahbari B.Qurbonov va bosh inspektor X.Muqimova “O‘zbekiston-2030” strategiyasining yangilangan loyihasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida ma’lumot berdi.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari ishini yangicha tizim asosida tashkil etish yuzasidan belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgani uchun Vazirlikning bir guruh xodimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan edi.
Tadbir doirasida ularga tashakkurnomalar topshirildi.






