YORDAMCHI XO‘JALIKLAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Sohaga oid yangiliklari
Xorazm viloyatida suv xo‘jaligi tashkilotlari tasarrufidagi irrigatsiya tarmoqlari muhofaza va qirg‘oqbo‘yi hududlarida yordamchi xo‘jaliklar tashkil etilgan bo‘lib, ular asosan ishchi-xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan Xiva, Xonqa va Shovot tumanlaridagi kanal, kollektor va nasos stansiyalari hududidagi yer maydonlarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Bunda obyektlar atrofida barpo etilgan parrandaxona va qoramol boqishga mo‘ljallangan binolar holati tahlil qilindi. Shuningdek, yordamchi xo‘jaliklarda yetishtirilayotgan mahsulotlarni yanada ko‘paytirish borasida ko‘rsatmalar berildi.


Saytda xatolik ko'rsangiz, matnni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Izoh qoldirish
Izohlar (0)