QR-код адреса статьи


MELIORATSIYA BILAN TIZIMLI VA DOIMIY RAVISHDA SHUG‘ULLANISH ZARUR

Suvni tejaydigan texnologiyalar qamrovini yildan yilga oshirish hisobiga iqtisod qilingan suv miqdori ortmoqda.
Kanallarni betonlashtirish orqali esa suv yo‘qotishlarini kamaytirishga erishilayapti.
Prezidentimiz Murojaatnomada suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish tadbirlariga 2026-yilda jami 3 trillion 300 milliard so‘m yo‘naltirilishini ta’kidladi.
Shuningdek, 1 ming 300 kilometr yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Buning uchun budjetdan 3 trillion so‘m sarflanadi. Bu qo‘shimcha ravishda yiliga 500 million kub metr suvni tejash imkonini beradi.
Bugun Suv xo‘jaligi vazirligi hay’atining navbatdagi yig‘ilishida Prezidentimizning Murojaatnomasida suv yo‘nalishida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi asosiy masala vazirlik tizimida 2025-yil yakunlari hamda 2026-yilga belgilangan prognoz ko‘rsatkichlar va topshiriqlarning ijrosi haqida bo‘ldi.
Yig‘ilishni Suv xo‘jaligi vaziri, hay’at raisi Sh.Xamrayev olib bordi. Unda vazir o‘rinbosarlari, hay’at a’zolari, markaziy apparat boshqarma va bo‘lim boshliqlari, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Hududlarda safarda bo‘lgan mutaxassislar va joylardagi suv xo‘jaligi tashkilotlari boshliqlari onlayn qatnashdi.
Suv resurslarini samarali boshqarish, suvni tejaydigan va raqamli texnologiyalarni joriy qilish, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish hisobidan 2025-yilda jami 10 mlrd. m3 tejaddi.
Vazir hay’at yig‘ilishida kanallarni betonlashtirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ishlari bilan birga  melioratsiya bilan tizimli va doimiy ravishda shug‘ullanish zarurligini alohida ta’kidladi.
Yordamchi xo‘jaliklar tashkil etib, xodimlarning daromadini oshirish sa’y-harakatlari tizimda korrupsiya holatlarining oldini olishga, shu bilan birga sohaning jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
Raqamlashtirish, davlat-xususiy sheriklik loyihalari ustuvor yo‘nalishlar sifatida muhokama qilindi.
Chet el investitsiyalarini jalb etish, kadrlar tayyorlash masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi.
Suv xo‘jaligi vaziri va vazir o‘rinbosarlari tomonidan 2025-yil uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) ijrosini ta’minlash ishlari tahlildan o‘tkazildi.
Vazir o‘rinbosarlari, hay’at a’zolari, hududiy boshqarmalar rahbarlari so‘zga chiqib, muhokama qilingan masalalar yuzasidan fikrlarini bildirdi.

Orqaga qaytish